Bugun 12 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Lamin Yamal "Barsa"ga yangi hujumchi tanladi

Lamin Yamal "Barsa"ga yangi hujumchi tanladi

«Barselona» vingeri Lamin Yamal shu yozda Kataloniya klubi yulduz hujumchi bilan shartnoma imzolashini istamoqda.

Fichajes nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, yosh futbolchi «ko‘k-anorranglilar» rahbariyatiga «Barselona»da «Galatasaroy» a’zosi Viktor Osimxenni ko‘rishni afzal ko‘rishini ma’lum qilgan. Hozircha bunday transferning amalga oshish ehtimoli qay darajada ekanligi noma’lum.

Viktor Osimxen 2025 yilda «Napoli»dan 75 million yevro evaziga «Galatasaroy»ga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda nigeriyalik hujumchi Turkiya klubi safida barcha turnirlarda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Osimxenning qiymatini 75 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: Bugun 19:24. O'qildi: 371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!