Vengriya tashqi ishlar vazirligi rahbari Peter Siyyarto, agar Vengriyaning MOL neft-gaz kompaniyasiga Rossiya neftidan olingan neft mahsulotlarini Xorvatiya va Chexiyada sotishga ruxsat berilmasa, Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketiga veto qo‘yishga tayyorligini ma’lum qildi.
Bu haqda “RIA Novosti” Siyyartoning M1 telekanali orqali bergan bayonotiga tayanib xabar bermoqda.
"Agar MOL Chexiya va Xorvatiya bozorlariga neft mahsulotlarini eksport qilishda davom eta olsa, biz ushbu sanksiyalar paketiga veto qo‘ymasligimizni aniq aytdik", dedi vazir.