Vengriya Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga Rossiya energiya resurslarini import qilishni taqiqlovchi REPowerEU reglamentiga qarshi chiqish va uni bekor qilish uchun Yevropa Adliya sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qildi.
Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi.
Vengriya tashqi ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, energiya importiga taqiq faqat bir ovozdan tasdiqlashni talab qiladigan sanksiyalar doirasida qo‘llanilishi mumkin: "Bu holda, reglament savdo siyosati chorasi niqobi ostida qabul qilingan".
U shuningdek, Yevropa Ittifoqi shartnomalarida har bir a’zo davlat energiya manbalari va yetkazib beruvchilarni mustaqil ravishda tanlashi aniq belgilanganligini ta’kidladi. Peter Siyyarto shuningdek, ushbu qaror barcha Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun energiya ta’minoti xavfsizligini ta’minlaydigan energiya birdamligi tamoyilini buzishini aytdi.
"Muqobil variantlar qimmatroq va kamroq ishonchli. Rossiya nefti va gazisiz Vengriya fuqarolari uchun energiya xavfsizligini kafolatlash yoki past energiya narxlarini saqlab qolish mumkin emas", deb yozgan u.
Ta’kidlash joizki, 2026 yil 26 yanvarda Yevropa Ittifoqiga a’zo 27 davlat 2027 yil oxiriga qadar Rossiyadan suyultirilgan tabiiy gaz importini bosqichma-bosqich to‘xtatish to‘g‘risidagi nizomni rasman qabul qildi.