Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Vengriya prezidenti Katalin Novak iste’foga chiqdi

Vengriya prezidenti Katalin Novak iste’foga chiqdi

Vengriya prezidenti Katalin Novak bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikni yashirishda ayblanayotgan shaxsni afv etish yoki bermaslik borasidagi mojarodan so‘ng iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Bu haqda Uza.uz yozdi.

Reuters xabariga ko‘ra, mamlakatdagi barcha muxolif partiyalar Novakning iste’fosini talab qilgan. Chunki 2023 yilning bahorida Rim papasining tashrifi oldidan u mehribonlik uyi direktorining sobiq o‘rinbosarining avf etish haqidagi iltimosini qabul qilgan edi.

U maktab direktoriga o‘quvchilarining jinsiy zo‘ravonligini yashirishga yordam bergani uchun 3 yil 4 oyga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

O‘z murojaatida Novak “xato qilganini” aytdi. Endi Vengriya parlamenti 30 kun ichida yangi davlat rahbarini saylaydi.

Katalin Novak prezidentlik faoliyatini 2022 yilning mart oyida boshlagan. U Vengriya tarixidagi birinchi ayol prezident bo‘ldi.

Kiritildi: 14:34 12.02.2024. O'qildi: 1153 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!