Venesuela davlat neft kompaniyasi PDVSA AQSh bilan neft sotish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi.
Bu haqda davlat kompaniyasi o‘z bayonotida ma’lum qildi.
"PDVSA hozirda AQSh bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi mavjud savdo aloqalari doirasida neft hajmini sotish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda", — deyiladi kompaniya xabarida.
PDVSA ma’lumotlariga ko‘ra, muzokaralar mutlaqo tijorat xarakteriga ega va "qonuniylik, oshkoralik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyillariga rioya qilgan holda xalqaro kompaniyalar, jumladan Chevron bilan tuzilgan shartnomalarga o‘xshash doirada" olib borilmoqda.