Venesuela Oliy sudi vise-prezident Delsi Rodrigesni davlat rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinladi.
Bu haqda sudya Taniya D'Amelio mahalliy Venezolana de Televisión telekanalida ma’lum qildi.
"Venesuela Oliy sudi ijrochi vise-prezident Delsi Rodrigesga Venesuela Konstitusiyasi va qonunlariga qat’iy rioya qilgan holda zudlik bilan respublika prezidenti vazifasini bajarishni buyurdi”, dedi u.
Sudya bu qaror Oliy sudning Konstitusiyaviy palatasi tomonidan 2026 yil 3 yanvarda yuz bergan xorijiy harbiy tajovuz va Venesuela konstitusiyaviy prezidenti Nikolas Maduroning o‘g‘irlab ketilishi munosabati bilan qabul qilinganini tushuntirdi.