Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

VB yangi tayyorgarlik doirasida jamoatchilik bilan konsultasiyalar o‘tkazadi. O‘zbekiston bilan besh yillik hamkorlik dasturi

VB yangi tayyorgarlik doirasida jamoatchilik bilan konsultasiyalar o‘tkazadi. O‘zbekiston bilan besh yillik hamkorlik dasturi

Joriy haftada onlayn-konsultasiyalar yo‘lga qo‘yilib, unda Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyotini har tomonlama diagnostik tadqiq etishni jamoatchilikka taqdim etdi. Ushbu tahliliy hujjat JB va O‘zbekiston o‘rtasida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini ishlab chiqish jarayonidagi asosiy bosqichlardan biridir.

26-28 aprel kunlari mahalliy hokimiyat organlari, mahallalar, fuqarolik jamiyati, nodavlat tashkilotlar, respublikaning turli hududlaridan yetakchi oliy o‘quv yurtlari va ekspertlar hamjamiyati vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan onlayn uchrashuvlar Jahon banki (VB) tomonidan Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR) va "Taraqqiyot strategiyasi" markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Uchrashuvlar doirasida O‘zbekiston iqtisodiyotini Kompleks diagnostik tadqiqot (KDT) bo‘yicha dastlabki xulosalar taqdim etildi.

Ma’lumot uchun: KDT – bu bu Jahon banki o‘z mijozlari uchun o‘rtacha har 4-5  yilda tayyorlaydigan dasturiy hujjat. Bunda mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi asosiy muammolari va kambag‘allikka barham berish hamda mahalliy aholi farovonligini oshirish imkoniyatlari belgilanadi.

KDT mijoz-mamlakatlar rivojlanishining turli jihatlarini, shu jumladan, Jahon banki mahalliy hukumatlarga tegishli moliyaviy va maslahat yordamlarini ko‘rsatadigan ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni tahlil qiladi.

KDT Jahon banki uchun mijoz-davlatlar bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash jarayonida asosiy vosita hisoblanadi. Shunday qilib, O‘zbekiston KDTsi xulosalari kelgusida 2022-2026 yillarda mamlakat bilan Hamkorlik dasturi doirasida Bank hukumatga taqdim etadigan moliyaviy va maslahat ko‘magi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

KDT dastlabki xulosalari bilan hisobot O‘zbekiston jamoatchiligiga taqdim etiladi. Unda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun to‘rtta istiqbolli yo‘nalish belgilangan. Onlayn-konsultasiyalar doirasida har bir kishi ularning har biriga baho berishi, shuningdek, o‘z fikr va takliflarini o‘zbek, rus va ingliz tillarida bildirishi mumkin. JB KDT doirasidagi onlayn-konsultasiyalarni 2021 yil 26 apreldan 10 maygacha o‘tkazadi.

Joriy  konsultasiyalar doirasida onlayn so‘rovda ishtirok yeting:

  • O'Z - https://forms.office.com/r/gbUFjhsZRj
  • RU - https://forms.office.com/r/vkaqwGYCPS
  • EN - https://forms.office.com/r/m8TufCCvgD

Joriy haftada bo‘lib o‘tgan onlayn uchrashuvlar doirasida Jahon banki ekspertlari tomonidan yaqin yillarda O‘zbekiston KDTsi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining to‘rtta istiqbolli yo‘nalishini tahlil qiladi, jumladan:

• dinamik va inklyuziv xususiy sektorni rivojlantirish;

• samarali va jamoatchilik oldida hisobdor davlat institutlarini yaratish;

• odamlarga va inson kapitaliga investisiya qilish;

• uchun yanada barqaror va ekologik toza iqtisodiy o‘sish modeliga o‘tish.

Keyingi muhokamalar davomida JB ekspertlari auditoriyadan KDTning dolzarb, o‘z vaqtida va natijaga yo‘naltirilgan tayyorgarligiga ko‘maklashish va quyidagi savollarga javob berishni so‘rashdi:

• O‘zbekistondagi qaysi islohotlar kelgusi besh yil ichida eng ustuvor yo‘nalish

bo‘lishi kerak?

• Ular yuqorida aytib o‘tilgan rivojlanishning to‘rtta istiqbolli yo‘nalishlariga

mos keladimi?

• Ushbu yo‘nalishlardagi maqsadlarga erishishga to‘sqinlik qilishi mumkin

bo‘lgan asosiy muammolar qaysi?

"Mamlakatning barcha hududlarida yashovchi fuqarolarning fikrlarini hisobga olish uchun fikr-mulohazalarni o‘rnatish juda muhimdir. Ularning turli ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda, jumladan, bunday onlayn-konsultasiyalarda faol ishtirok etishi sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga o‘z hissasini qo‘shish imkoniyatidir.

Jahon banki veb-saytida tashkil etilgan onlayn-uchrashuvlarimiz va onlayn-konsultasiyalar ishtirokchilarining fikrlari muhim ahamiyatga ega. Ularning fikr-mulohazalari va tavsiyalari KDT mualliflariga o‘z xulosalarining to‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qilish hamda jamiyatning turli guruhlari manfaatlarini hisobga olgan holda tadqiqotga zarur o‘zgartirishlar kiritish imkonini beradi", - deydi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlarlar markazi direktorining o‘rinbosari Umid Abidxodjayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoatchilik ishtirokida qo‘llab-quvvatlangan ushbu tahliliy ish 2022-2026 yillarda O‘zbekiston bilan JB hamkorligining yanada samarali dasturini tayyorlashga hissa qo‘shadi, jumladan, hukumatga aholining kambag‘allik darajasini pasaytirish, xususiy sektorning o‘sishini rag‘batlantirish, shuningdek, fuqarolarning ta’lim, tibbiyot, ijtimoiy himoya va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

Kiritildi: 13:19 30.04.2021. O'qildi: 1682 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!