Xabaringiz bor, Portugaliya terma jamoasi va “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning boshida ayni damda qora bulutlar suzmoqda. Model Ketrin Mayorganing nomusiga tekkanlikda ayblanayotgan Krishtianu mazkur vaziyatga jiddiy yondashishga majbur bo‘ldi.
Gap shundaki, dastlab “odatiy shantajlardan biri” deya e’tiborsiz yurgan futbolchi Mayorganing advokatlari ishni jiddiylashtirib yuborishganidan keyin cho‘chib qoldi. Aksiga olib, qizning advokatlari Krishtianuning nomusga tegish bilan bog‘liq boshqa jinoyatlarini fosh etishga ham kirishishganidan keyin futbolchining paytavasiga qurt tushdi.
Ronaldu o‘zini himoya qilish uchun tajribali advokat yollashga majbur bo‘ldi. Bu advokat kimligini bilasizmi?
U o‘z vaqtida Mayk Tayson, Andre Agassi, Leonardo Di Kaprio, Shakill O’nill va Peris Xiltonlarni himoya qilgan Devid Chesnovdir. Ronalduning bor umidi ana shu advokatga qaratilgan.