15 ta xorijiy mamlakatda qiyin ahvolda qolgan vatandoshlar 30 iyuldan 30 avgustgacha davom etgan “Vatanga qaytarish” xayriya aksiyasi doirasida olib kelindi.
Ular orasida 654 nafar ayollar, 438 nafar bolalar bor. Shuningdek chet davlatlar deportasiya markazlarida bo‘lgan 163 kishi ham bor.
▪️Rossiyadan - 993 nafar
▪️Turkiyadan - 106 nafar
▪️Amerikadan - 56 nafar
▪️Qozog‘istondan - 39 nafar
▪️Janubiy Koreyadan – 8 nafar
▪️Armanistondan - 4 nafar
▪️Hindiston, Yaponiya, Belarus, Polshadan - 3 nafardan
▪️Misrdan - 2 nafar
▪️Qirg‘iziston, Saudiya Arabistoni, Latviya, Ozarbayjondan bir nafardan fuqaro oilasi bag‘riga qaytarildi.