Vashingtondagi samolyot halokatida halok bo‘lgan 67 kishining jasadi Potomak daryosidan topildi. Bu haqida CBS News xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, mutaxassislar 66 kishining jasadini aniqlashga muvaffaq bo‘lishgan. Qurbonlarning jasadlari halokatga uchragan avialaynerning kabinasi va dumining qismlari daryodan olib chiqilganidan so‘ng topilgan.
Hozirda favqulodda xizmatlar daryodan samolyot va vertolyot qoldiqlarini olib chiqish ishlarini davom ettirmoqda. Bu bir necha kun davom etadi.
Samolyot bortida 64 kishi, vertolyotda esa 3 kishi bo‘lgan. Ularning hammasi vafot etgan edi.