Bugun 21 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Vashingtonda Livan va Isroil o‘rtasida ikkinchi uchrashuv bo‘lib o‘tadi

Vashingtonda Livan va Isroil o‘rtasida ikkinchi uchrashuv bo‘lib o‘tadi

Payshanba kuni, 23 aprelda Vashingtonda Livan va Isroil vakillari o‘rtasida ikkinchi uchrashuv o‘tkaziladi. Bu haqda Livanning yuqori martabali rasmiysi ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvning rasmiy tafsilotlari keyinroq e’lon qilinadi.

Shuningdek, Livan prezidenti Jozef Aun Beyrutda AQSh elchisi Mishel Isa bilan uchrashgan.

Uchrashuvda o‘tgan hafta AQSh Davlat departamentida bo‘lib o‘tgan Livan–Isroil muzokaralaridan keyingi bosqich hamda o‘t ochishni to‘xtatish rejimini saqlab qolish masalalari muhokama qilingan.

Kiritildi: 22:57 20.04.2026. O'qildi: 198 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!