AQSh rasmiylari Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoni Amerika ma’muriyati rahbari Donald Tramp bilan uchrashuvga taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Bu haqdagi ma’lumotni Financial Times gazetasi keltirmoqda. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Amerika rasmiylari ushbu uchrashuvni o‘tkazish joyi sifatida Oq uy va Trampning Mar-a-Lagodagi qarorgohini ko‘rib chiqmoqdalar.