Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “Vaqf” xayriya jamoat fondi axborot xizmati rahbari Saidabror Umarov ma’lum qildi.
Fond tomonidan “Ramazon tuhfasi” loyihasi doirasida:
➖ Respublikamiz bo‘ylab to‘rt mingga yaqin xonadonlarga 707 890 000 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari;
➖ Moddiy ko‘makka muhtoj 295 nafar shaxslarga 293 650 000 so‘mlik pul mablag‘lari;
➖ Farg‘ona viloyatida qurilish ta’mirlash ishlari olib borilayotgan 2 ta masjid uchun 20 000 000 so‘m;
Jami — 1 021 540 000 so‘m miqdoridagi xayriyalar amalga oshirildi.