«Vaqf» xayriya jamoat fondi yordamga muhtoj kishilarga, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga yordam berish maqsadida «Ro‘zg‘or» nomli loyihani ishga tushirganini ma’lum qiladi.
Loyihaga ko‘ra, har hafta muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatiladi. Ushbu loyihaga har bir kishi pul o‘tkazishi yoki oziq-ovqat mahsulotlarini hadya qilishi mumkin.
So‘mda pul o‘tkazish uchun plastik raqami (istalgan miqdorda, cheklovlar yo‘q):
8600 3104 6541 5503 (Bakiyev Hakim nomida)
Vaqf xayriya jamoat fondi ushbu loyiha uchun ko‘ngillilarni hamkorlikka chorlaydi!
Aksiyaga mas’ul shaxs: Abduvohid Atametov
Murojaat uchun telefon: (98) 3075497 (97) 7075497
Eslatib o‘tamiz, «Vaqf» fondi hozirgacha «Masjid va madrasalar uchun kitob», «Ilm yo‘lida ko‘mak beramiz» va «Nikoh to‘yi» aksiyalarini o‘tkazib kelayotgan edi.
Manba: azon.uz