Bugun 24 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Valensiya Ispaniya hukumatidan o‘nlab milliard yevro so‘radi

Valensiya Ispaniya hukumatidan o‘nlab milliard yevro so‘radi

Valensiya ma’muriyati Ispaniya hukumatidan yaqinda mintaqada yuz bergan vayronkor suv toshqinlaridan keyin tiklanish ishlariga yordam berish uchun o‘nlab milliard yevro so‘radi.

Madriddan so‘ralgan summa 31,4 milliard yevroni tashkil qiladi. Mazonning so‘zlariga ko‘ra, chora-tadbirlar to‘plami uylarni rekonstruksiya qilish va transport vositalari sotib olishga yordam berishni o‘z ichiga oladi. Shu kungacha Valensiya hukumati allaqachon 250 million yevro yordam ajratgan, yana 100 millioni ispaniyalik milliarder Amansio Ortega jamg‘armasi tomonidan jabrlanganlarga xayriya qilingan.

Ispaniya hukumati tabiiy ofat yetkazgan zararni baholashga hali erta ekanligini aytdi. Seshanba kuni suv toshqini qurbonlari uchun daromad solig‘iga moratoriyni o‘z ichiga olgan moliyaviy yordam paketini e’lon qilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, tabiiy ofatdan sug‘urtalash agentligi ham jabrlanganlarning tovon puli talablarini ko‘rib chiqmoqda, ammo bu haqda hali hech qanday ma’lumot e’lon qilmagan.

Kiritildi: 02:30 06.11.2024. O'qildi: 880 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!