Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ma’lum qildi.
Tegishli Farmonga muvofiq, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatining 8 ta ustuvor yo‘nalishi belgilab berildi.
Shuningdek, vazirlik tizimidagi tashkilotlarni qayta tashkil qilish dasturi ham tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, Qurilish vazirligi faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasmi va Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligini rivojlantirish jamg‘armasi birlashtirilib, yagona jamg‘armaga aylantirildi.
Arxitektura, loyiha faoliyati va qurilish nazorati mutaxassislarini 10 ta faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha sertifikatlash tizimi joriy qilinmoqda.