Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Uzoq kutilgan diydor: Rossiya Federasiyasidan 11 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga olib kelindi

Uzoq kutilgan diydor: Rossiya Federasiyasidan 11 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga olib kelindi

Bugun, 29-mart kuni Toshkent xalqaro ayeroportida Moskvadan uchib kelgan samolyot qabul qilib olindi. Havo kemasi bortida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari hamrohligida Rossiya Federasiyasida ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar voyaga yetmagan o‘zbekistonlik bola yurtimizga qaytarildi.

Jarayon davomida O‘zbekistonning RFdagi elchixonasi bolalarni vatanga qaytarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirdi.

Bolalar vaqtincha Toshkent shahar IIBB qoshidagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilib, ularning 4 nafari "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan oldindan tayyorlangan o‘z oilalariga, 7 nafari esa vasiylik va homiylik tayinlangan holda yaqin qarindoshlariga topshiriladi.

Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy yordam ularning kelgusidagi yashash joylarida ham davom ettiriladi.

Kiritildi: 13:28 29.03.2025. O'qildi: 730 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!