Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

"O‘zingizni asrang": koronavirusga chalingan ayol jonlantirish bo‘limidan video jo‘natdi

"O‘zingizni asrang": koronavirusga chalingan ayol jonlantirish bo‘limidan video jo‘natdi

Koronavirus bilan kasallangan Buyuk Britaniyada yashovchi ayol jonlantirish bo‘limidan video jo‘natdi, unda u o‘z oilasi va hamkasblarini kasallikning xavfi to‘g‘risida ogohlantirib, salomatliklariga ehtiyot bo‘lishlarini so‘radi.

"Daily Mail" nashriga bergan intervyusida 39 yoshli Tara Jeyn Langstonning so‘zlariga ko‘ra, u besh kun davomida o‘zini yomon his qilgan. Avval shifokorlar unga o‘pka infeksiyasi, so‘ngra pnevmoniya tashxisini qo‘yishgan. Shifokorlar bemorga antibiotiklar, shuningdek, parasetamol va ibuprofen buyurdilar, bu, ayolning so‘zlariga ko‘ra, uning ahvolini yomonlashtirdi. Bir necha kundan keyin  test natijalari aniqlandi – ayol koronavirusga chalingandi. Keyin Langstonning ahvoli yomonlashdi va u maxsus uskunaga ulanishi kerak edi.

Ayolning xonasida yo‘talib, og‘ir nafas olayotganini videoga olishdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zini o‘pkasiga shisha quyilgan kabi his qiladi va har bir nafas "jang"ga aylanadi.

"Men reanimasiyada yotibman va naychasiz nafas ololmayapman. Lekin oldingiga qaraganda o‘n baravar yaxshiman", deydi ayol.

Langston barcha chekuvchilarni yomon odatdan voz kechishga undadi, chunki ular "hali ham o‘pkasiga muhtoj".

"Iltimos, taqdiringizni xarob qilmang. Buni jiddiy aytaman. Agar bu yerga kelsangiz, hamma dahshatlar boshingizga tushadi", deb ogohlantiradi u.

Nashrga bergan intervyusida, bemor pandemiya paytida karantinga rioya qilish juda muhim ekanligini ta’kidladi va sport zaliga hamda boshqa gavjum joylarga bormaslikni maslahat berdi. Shuningdek, u hamshiralarning ishini yuqori baholadi.

 

Kiritildi: 20:12 25.03.2020. O'qildi: 12918 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!