Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

“O‘zenergoinspeksiya” iste’molchilarni energiya resurslaridan qonuniy foydalanishga undaydi

A A A
“O‘zenergoinspeksiya” iste’molchilarni energiya resurslaridan qonuniy foydalanishga undaydi

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va uning hududiy boshqarmalari tomonidan muntazam tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu jarayonda energiya rusurslaridan o‘g‘rincha foydalanish holatlari fosh etilmoqda.

Ushbu nazorat tadbirlaridan o‘tkazishdan maqsad esa iste’molchilarni ushbu manbalardan oqilona va qonuniy foydalanishga undashdir.

Yaqinda Namangan viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

“O‘zenergoinspeksiya” Namangan viloyat hududiy boshqarmasi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va gaz ta’minoti korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Yangi Namangan tumanida faoliyat yuritib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor T.I. o‘ziga qarashli ishlab chiqarish sexining 2 dona alyumin eritish qozonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaz tarmog‘iga ulagan va qoidalarga zid ravishda tabiiy gazdan foydalangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu holat sababli davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 244 million so‘m (162,7 ming metr kub tabiiy gaz)ni tashkil etgan.

Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim qilingan.

Navbatdagi aniqlangan holat AGTKSh faoliyati bilan bog‘liq.

Inspeksiyaning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan “A.M.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi lisenziyalash talab va shartlariga hamda texnologik reglament talablariga zid ravishda faoliyat yuritib kelayotgani ma’lum bo‘ldi.

Ushbu holatdagi qoidabuzarlikka sabab bo‘luvchi omillar to‘liq bartaraf etilgunga qadar mazkur AGTKSh tabiiy gaz ta’minotidan ajratildi, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 15:42 27.05.2024. O'qildi: 1251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!