Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zenergoinspeksiya endi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi

O‘zenergoinspeksiya endi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi

“Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida davlat nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-118-son, 23.08.2024 y.) qabul qilindi.

🔰Farmonga ko‘ra, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasini (O‘zenergoinspeksiya) Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi.

✔️O‘zenergoinspeksiya yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

✅ O‘zenergoinspeksiyaga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklandi:

🔹energiya samaradorligi bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy etish va mazkur sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirish;

🔹yillik energiya iste’moli 500 tonna shartli yoqilg‘idan yuqori bo‘lgan barcha sanoat korxonalarida energiya iste’molini boshqarish tizimini (Energy Management System) joriy etishni nazorat qilish;

🔹sohada davlat nazoratini amalga oshirish va hisobotlarni yuritish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish;

🔹energiya auditorlarga malaka sertifikatlarini berish va zamonaviy o‘lchov laboratoriyalari bo‘yicha minimal talablarni belgilash.

🗂 O‘zenergoinspeksiyaning markaziy apparati tuzilmasida 30 ta shtat birligidan iborat bo‘lgan Energiya samaradorligini oshirish departamenti va Energetika nazorati sohasini raqamlashtirish boshqarmasi tashkil etiladi.

Kiritildi: 16:58 23.08.2024. O'qildi: 1092 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!