Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbeklarning nuqsonini bir haftada anglagan turist

O‘zbeklarning nuqsonini bir haftada anglagan turist

Bundan 7 yil ilgari Germaniyalik bir turistni Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivaga mashinamda olib borganman. Bir haftadan keyin olmon sayyoh to‘satdan: "O‘zbekiston xalqi ovqatsevar xalq ekan", — deb qoldi va darrov izoh berdi. "Yurtingizning har qadamida ichi mijozga to‘la kafelar borligi, u yerda pishirilayotgan taomlarga ehtiyoj kuchliligini va yerli millat ovqatga o‘chliligini anglatadi", — dedi.

"Buning nimasi yomon?" — deb so‘raganimda turist: "Ovqatga o‘ch odamlar ko‘pincha uyquga moyil, to‘g‘ri fikrlashdan uzoq kishilar bo‘lib, o‘limdan qo‘rqadigan bo‘lishadi", — dedi. Biroz sukutdan so‘ng u ko‘zlarimga qarab turib: "O‘limdan qo‘rqadiganlar esa hamisha kurashdan ham qo‘rqishadi", — dedi.

Ustimdan sovuq suv sepilgandek bo‘ldi. Yillar davomida javobini topolmagan bir jumboqni yechganday bo‘ldim. “Nega bu aholi bunchalik qo‘rqoq? Nega boshqa bir millatdoshi yoki dindoshining huquqlari u yoqda tursin, hattoki o‘zining va farzandlarining huquqlarini himoya qilishdan, bu yo‘lda kurashishdan qo‘rqadi?” – degan savolga javob olganday bo‘ldim.

Bir yevropalik bir haftada qanday millat ekanimizni darrov ilg‘agan....

Ahmad Botir

Manba: azon.uz

Kiritildi: 18:20 09.06.2019. O'qildi: 4079 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!