O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi Janubiy Koreyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaatbilan chiqdi.
"Bugun, 3 dekabr kuni Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilindi. Bugungi kunda mamlakatda yuzaga kelayotgan ichki siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda, barchangizdan Janubiy Koreyada turli xil mitinglar va namoyishlarda ishtirok etmaslikka, odamlar gavjum joylarga bormaslikka, o‘zingizning shaxsiy xavfsizligingiz va sog‘ligingizni ehtiyot qilishga chaqirib qolamiz.
Zarurat bo‘lgan holatda quyidagi telefon raqamga murojaat qilishingiz so‘raladi: +82 10 3213 4505, +82 10 2909 4334", - deyiladi xabarda.