Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonning davlat qarzi 2,2 mlrd dollarga ko‘paydi

O‘zbekistonning davlat qarzi 2,2 mlrd dollarga ko‘paydi

2025 yilning 1 aprel holatiga O‘zbekistonning davlat qarzi 42 mlrd 431 mln dollarni tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Davlat qarzining 35,55 mlrd dollarini – tashqi qarz, 6,87 mlrd dollarini esa – ichki qarz tashkil etgan.

Davlat qarzi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7 mlrd 82 mln dollarga ko‘paygan. YAIMga nisbatan ulushi ham 1,8 foizga oshib, 31,7 foizdan 33,5 foizga yetgan.

Taqqoslash uchun, 2024 yilning 1 aprel holatiga davlat qarzi 35 mlrd 349 mln dollarni tashkil etgan. Bir yil ichida ushbu ko‘rsatkich 20 foizga oshgan.

Kiritildi: 16:18 27.05.2025. O'qildi: 857 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!