Migrasiya agentligi rahbari Behzod Musaєv USA Farm Labor tashkiloti vakili Manuyel Fik bilan onlayn muzokara o‘tkazdi.
Unda o‘zbekistonliklarni H-2A viza programma orqali AQShdagi mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish masalasi muhokama qilindi.
Xususan, AQShda ishlash davri 9–10 oy davom etadi. O‘rtacha oylik 3 500 dollarni tashkil qilib, ishchilar ish beruvchi hisobidan turar joy bilan ta’minlanadi.
Nomzodlarni tanlashda malakali mutaxassislarga ustuvorlik beriladi.
Uchrashuv yakunida hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishildi.