O‘zbekistonlik fuqarolar Germaniyaga maoshi uch ming dollarlik ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Migrasiya agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Germaniyaning NoVo Agency tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan nemis tilidan B1 daraja sertifikatiga ega tajribali tibbiyot xodimlari Germaniya tibbiyot muassasalariga hamda qariyalar uyiga ishga taklif etiladi.
Nomzodlar uchun talablar:
Stomatolog, o‘qituvchilik va dorishunoslik sohasida shug‘ullangan nomzodlar qabul qilinmaydi. Shuningdek, quyidagi xarajatlar qoplab beriladi va xizmatlar kafolatlanadi:
Mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil (kasbiy tasdiqlangunga qadar oylik 2300 yevrodan) va butun jarayon davomida doimiy qo‘llab-quvvatlash. Germaniyada kasbiy tasdiqlanish jarayoni tugagandan keyin oylik 3000 yevrodan boshlab beriladi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar: