Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonliklar asosan qaysi kasalliklardan vafot etishmoqda?

O‘zbekistonliklar asosan qaysi kasalliklardan vafot etishmoqda?

O‘zbekistonda 2019 yilning yanvar-iyun oylarida 75,8 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koyeffisiyenti 4,6 promilleni tashkil etdi, 2018 yilning mos davriga nisbatan o‘zgarmagan (2018 yilning yanvar-iyun oylarida 4,6 promille bo‘lgan). Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilning yanvar-iyun oylarida qayd etilgan o‘lim holatining 62,1 foizini - qon aylanish tizimi kasalliklari, 9,5 foizini - o‘simtalar, 5,3 foizini - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 4,5 foizini - nafas olish a’zolari kasalliklari, 5,4 foizini - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 1,4 foizini - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 11,8 foizini-  boshqa kasalliklar tashkil etgan. 

Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 3,4 ming nafarni tashkil etib, ularning 55,3 foizi - perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 20,4 foizi - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 13,3 foizi - tug‘ma anomaliyalardan, 2,2 foizi -  baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 2,4 foizi - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 0,8 foizi - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 5,6 foizi - boshqa kasalliklardan vafot etgan.

 

Kiritildi: 11:13 22.07.2019. O'qildi: 2084 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!