Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbek multfilmi Qozog‘istondagi festivalda birinchi o‘rinni egalladi

O‘zbek multfilmi Qozog‘istondagi festivalda birinchi o‘rinni egalladi

Bugun Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilgan birinchi xalqaro «Farabi Film Festival»da yosh o‘zbek multiplikatori Jamshid Atambayevning «Sog‘inch» multfilmi «Eng yaxshi animasion film» yo‘nalishida birinchi o‘rinni egalladi. Jamshid Atambayev hozirda O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti talabasi bo‘lib, kinooperator va rejissyor Iqbol Meliqo‘ziyev ijodiy ustaxonasi tinglovchisi hamdir.

Ushbu animasion filmda Jamshid ismli yigit o‘zining va onasining orzu-maqsadlarini amalga oshirish yo‘li haqida so‘z boradi. Filmning asosiy g‘oyasi onalarni qadrlashga qaratilgan.

Kiritildi: 19:10 29.04.2024. O'qildi: 1993 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!