Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonliklar asosan qaysi davlatlarga ko‘chib ketayotgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonliklar asosan qaysi davlatlarga ko‘chib ketayotgani ma’lum bo‘ldi

2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlar soni 1961 kishini, doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni 14195 kishini tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlarning taqsimlanishi quyidagicha ko‘rinishga ega: Qozog‘iston - 31%, Tojikiston - 28,3 va Rossiya - 25,3%. Shuningdek, Turkmaniston - 3,7%, Qirg‘iziston - 2,4%. Yana 9,3% - boshqa mamlakatlar.

O‘zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlarning taqsimlanishi esa shunday aks etdi: Qozog‘iston - 48,1%, Rossiya - 46%, AQSh - 1,3%. Undan keyingi pog‘onalarni Isroil - 0,7%, Qirg‘iziston - 0,5% bilan joy oldi. Yana 3,4% boshqa mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 16:38 15.10.2018. O'qildi: 3556 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!