Bugun 19 mart, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonlik aktyorlar Turkiyada Mirziyoyev va Erdo‘g‘an bilan uchrashdi (foto)

A A A
O‘zbekistonlik aktyorlar Turkiyada Mirziyoyev va Erdo‘g‘an bilan uchrashdi (foto)

​​​​​​Avvalroq, O‘zbekiston buyurtmasi bilan turkiyalik kinoijodkorlar boshchiligida Jaloliddin Manguberdi seriali suratga olinayotgani, mazkur serial O‘zbekiston kino tarixida butkul yangi davrni boshlab berishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik. 

Kecha, 20 fevral kuni ushbu serialda rol ijro etayotgan o‘zbekistonlik va turkiyalik aktyorlar, ijodkorlar jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashganlar. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda. 

Uchrashuvda ushbu serialga Turkiya tomonidan bosh-qosh bo‘layotgan ssenariynavis va prodyuser, “Tirilish. Erto‘g‘rul”, “Qurilish. Usmon” seriallari rahbari Bakir Bo‘zdog‘ ishtirok etib, Jaloliddin Manbugerdi seriali xususida ma’lumot bergan va unda rol ijro etayotgan aktyorlar guruhini tanishtirgan. 

O‘zbekistonlik aktyorlar – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Saida Rametova, Ra’no Shodiyeva, aktyorlar Javohir Zokirov, Alisher Uzoqov, Adiz Rajabov, Akbarxo‘ja Rasulov, Rayhon Ulasenova, Yulduz Rajabova, Feruza Normatova Prezidentlar Mirziyoyev va Erdo‘g‘an bilan uchrashishga muyassar bo‘lganlar. 

Eslatib o‘tamiz, Jaloliddin Manguberdi seriali O‘zbekiston tarafidan Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida suratga olinmoqda. Serial byudjeti hozircha 5 million dollarni tashkil etmoqda va mesenatlik asosida bo‘lib, serial 26 qismdan iborat. 

Kiritildi: 14:15 21.02.2020. O'qildi: 5714 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!