Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonlik 17 nafar yosh mutaxassis Yaponiyada ta’lim oladi

O‘zbekistonlik 17 nafar yosh mutaxassis Yaponiyada ta’lim oladi

Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shuhrat Vafoyev va Yaponiyaning mamlakatdagi elchisi Nobuaki Ito O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlar barcha sohalarda, jumladan, fan-ta’lim yo‘nalishida izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

«Kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar taqdim etish» loyihasi ham yurtimizdagi turli davlat tashkilotlari, vazirlik va idoralalarda faoliyat yuritayotgan uch yillik tajribaga ega yosh kadrlarning Yaponiyadagi nufuzli oliy o‘quv yurtlarida magistrlik bosqichida ta’lim olishini ta’minlash, ularning bilim va tajribasini oshirishga qaratilgan.

Bu loyiha 1999 yildan buyon Yaponiya hukumati bilan hamkorlikda amalga oshirib kelinmoqda. O‘tgan vaqt mobaynida 311 nafar yosh mutaxassis kunchiqar mamlakatda bank-moliya, iqtisod, siyosat, tibbiyot, filologiya yo‘nalishlarida tahsil olib qaytgan. Loyiha 2019–2020 yillarda 17 nafar yosh iste’dod egalarining Yaponiyada tahsil olishini nazarda tutadi. Unga 2,4 million dollar miqdorida grant mablag‘i ajratiladi.

Tadbirda fan-ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, ilmiy tadqiqot muassasalari va oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish borasida qilinayotgan ishlar xususida fikr almashildi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 22:31 05.07.2018. O'qildi: 1914 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!