Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonga noqonuniy sotilgan insulin: Qozog‘istonda tekshiruv boshlandi

O‘zbekistonga noqonuniy sotilgan insulin: Qozog‘istonda tekshiruv boshlandi

Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi O‘zbekistonga insulin noqonuniy sotilishi holati bo‘yicha tekshiruv boshladi. Bu haqda sog‘liqni saqlash qo‘mitasi vakili Lyudmila Byurabekova ma’lum qildi. Sputnik Qozog‘iston xabariga asosan.

Ha, biz Milliy xavfsizlik qo‘mitasiga murojaat qildik. Ular mustaqil ravishda ushbu preparatni tashqariga olib chiqib ketilishi holati bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishmoqda. Haqiqatdan ham, bu dorilar 2018 yilda bepul tibbiy yordam berish maqsadida Farmasiya kompaniyasi tomondan harid qilingandi , - dedi Byurabekova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Korrupsiyaga qarshi kurash milliy byuro ichki tekshiruvlarni boshlashdi.

Tekshiruv natijalari haqida qo‘shimcha axborot beriladi.

2019 yilda yanvar oyida insulin Qozog‘istondan chet elga chiqib ketganligi ma’lum bo‘ldi. Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga so‘rovnoma yubordi.

Bundan avval qozog‘istonlik qandli diabet bilan kasallangan fuqarolar dori yetishmayotganligi haqida shikoyat qilishgan.

2018 yil boshidan Uralsk farzandlari qandli diabet bilan kasallangan bolalarning onalari insulin dorisi yetkazib berilishida muammolar haqida murojaat qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yetishmayotgan dorilarni qora bozordan sotib olishga majbur bo‘lishgan.

Viloyat sog‘liqni saqlash idorasi rahbariyati bu muammoni rad etishdi. Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi teshiruv o‘tkazishga qaror qildi.

Kiritildi: 15:11 11.02.2019. O'qildi: 2008 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!