Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonga Arxangelsk viloyati biznes delegasiyasi keladi

A A A
O‘zbekistonga Arxangelsk viloyati biznes delegasiyasi keladi

Joriy yil 15 noyabr kuni Rossiya Federasiyasining Arxangelsk viloyati gubernatori Aleksandr Sibulskiy boshchiligidagi delegasiya O‘zbekistonga keladi, deb xabar bermoqda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi.

Delegasiya tarkibiga yigirmadan ortiq turli ixtisoslikdagi korxonalar kiradi.

“Viloyatda IT, yog‘ochni qayta ishlash, yengil sanoat, olmos qazib olish va metall buyumlar ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan 20 dan ortiq korxona o‘z mahsulotlarini namoyish etadi va o‘zbekistonlik salohiyatli hamkorlar bilan muzokaralar olib boradi”, — deyiladi xabarda.

Uch kunlik tashrif doirasida 17 noyabr kuni Arxangelsk viloyati va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan biznes-forum bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 16:42 10.11.2023. O'qildi: 1207 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!