🏢 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025 yilning yanvar-noyabr oylarida 11 ta xorijiy davlatdan qiymati qariyb 12 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 23,8 ming tonna apelsin import qilingan.
📊 Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,8 foizga oshgan.
🌍 2025 yilning 11 oyida O‘zbekistonga eng ko‘p apelsin yetkazib bergan davlatlar:
Eron – 12,2 ming tonna
BAA – 3,6 ming tonna
Misr – 2,9 ming tonna
Xitoy – 2,3 ming tonna
JAR – 2 ming tonna
Boshqa davlatlar – 813,6 tonna