Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistondan Xitoyga gaz eksporti tiklangan

O‘zbekistondan Xitoyga gaz eksporti tiklangan

O‘zbekistondan Xitoyga gaz eksporti tiklangan. Bu haqda iqtisodchi-bloger Otabek Bakirov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Xitoy statistikasiga ko‘ra, aprel oyida O‘zbekistondan 40,5 mln.dollar gaz import qilingan. O‘zbekistondan Xitoyga gaz eksporti oxirgi marta o‘tgan yili dekabrda ro‘y bergandi.

O‘zbek statistikasiga ko‘ra, aprel oyida jami 90 mln.dollar atrofida gaz eksporti amalga oshirilgan. Gaz eksporti geografiyasi davlatlar qirqimida ochiqlanmagan. Uzoq yillik shartnomalarga ko‘ra, O‘zbekiston Xitoydan tashqari Qirg‘iziston va Tojikistonga ham gaz eksportini amalga oshirib keladi.

Kiritildi: 12:19 22.05.2023. O'qildi: 1793 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!