Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistondagi uchta OTM ilk bor Top universitetlar ro‘yxatidan joy oldi

A A A
O‘zbekistondagi uchta OTM ilk bor Top universitetlar ro‘yxatidan joy oldi

Yana 48 ta O‘zbekiston oliy ta’lim tashkiloti da’vogar maqomida ro‘yxatga kiritildi.

Ilk bor respublikamizning 3 ta oliy ta’lim muassasasi nufuzli reyting tashkiloti - THEning Top universitetlar ro‘yxatidan joy oldi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi xabar qildi.

Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education xalqaro reyting tashkiloti World University Rankings-2025 TOP-1000 oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Quvonarlisi ilk bor ushbu reytingda respublikamizning 3 ta oliy ta’lim muassasasi — “Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 601-800 o‘rinni, O‘zbekiston milliy universiteti 1001-1200, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1501-o‘rinni egalladi.

Takidlash joizki, Bundan tashqari 48 ta O‘zbekiston oliy ta’lim tashkiloti reportyor (da’vogar) maqomida ro‘yxatga kiritildi.

Kiritildi: 13:03 09.10.2024. O'qildi: 2793 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!