Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistondagi qaysi banklarda dollar sotish boshlangani ma’lum qilindi

O‘zbekistondagi qaysi banklarda dollar sotish boshlangani ma’lum qilindi

O‘zbekistondagi ko‘plab tijorat banklar aholiga dollar sotishni boshladi, deb xabar bermoqda Sputnik.

Jumladan, «Ipak Yo‘li» banki ertalabdan valyuta sotishni boshlagan. Buning uchun bankka naqd pul va pasport bilan borish lozim. Ushbu bankda dollar 9 450 so‘mdan sotiladi, 9 350 so‘mdan sotib olinadi.

Xabarda aytilishicha, keyinchalik har bir bankda o‘zining sotish va sotib olish kursi bo‘ladi.

Asia Alliance Bank’da valyuta ayirboshlash shoxobchalarni tayyorlash bo‘yicha ishlar olib borilayotgani qayd etilgan. Bankka 21 avgustdan kelish tavsiya qilingan.

«Kapitalbank» vakili esa bank ayirboshlashga tayyor ekanligini aytgan. Xizmat ko‘rsatish soat 14:00 dan boshlanishi ta’kidlangan, lekin xizmatdan o‘z vaqtida foydalanish uchun 21 avgustdan kelish tavsiya etilgan.

Kiritildi: 17:10 20.08.2019. O'qildi: 2934 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!