Bugun 23 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistondagi ilk AES maydoni qanday tekshirilgan?

O‘zbekistondagi ilk AES maydoni qanday tekshirilgan?

AESga maydon tanlash uchun 1,5 yil davomida O‘zbekiston tarixida kuzatilmagan noyob muhandislik izlanishlari olib borildi, deya ma’lum qildi "AES qurilish direksiyasi" DK direktori o‘rinbosari Otabek Amanov.

Xususan, hududda 19 ta geodinamik poligon punkti va 10 ta seysmik stansiya o‘rnatilgan. Ular yerning har qanday kichik siljishini ham soniyasigacha qayd etadi.

Havo qatlamini 1 km balandlikkacha o‘rganuvchi SODAR qurilmalari ishlatilmoqda (bunday uskuna respublikada faqat Toshkent aeroportida bor).

Shuningdek, 30 km radiusda har bir o‘simlik va jonzot, hatto ko‘llardagi muzlarning siljishigacha o‘rganilgan.

XAEA ekspertlari ushbu maydonni va o‘tkazilgan tadqiqotlarni yuqori baholab, loyihani ma’qullagan, deya Amanovning so‘zlarini keltirmoqda @Sputnikuzbek muxbiri.

Kiritildi: Bugun 17:37. O'qildi: 532 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!