Bugun 24 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Ukrainaga Amerika loyihasini qayta ko‘rib chiqishning imkoni bormi?

Ukrainaga Amerika loyihasini qayta ko‘rib chiqishning imkoni bormi?

The Washington Post yozishicha, AQShning tinchlik rejasi bo‘yicha muzokaralar bir necha oy davom etishi mumkin. Manba aytishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy xohlasa ham, hozirgi ko‘rinishda taklif etilgan variantni imzolay olmaydi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjatda “dastlabki bosqidyoq qabul qilib bo‘lmaydigan bandlar juda ko‘p”, va Kiyevda bunday qarorni qo‘llab-quvvatlash uchun siyosiy asos yo‘q. Muzokaralar taxminan bir yil davom etishi, bu esa tinchlik jarayonining yakuni emas, balki boshlanishiga aylanishi mumkin.

Yana bir amaldorning ma’lum qilishicha, Zelenskiy AQShning quruqlik qo‘shinlari vaziri Den Driskoll boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuvda hujjatga o‘zgartishlar kiritishni so‘ragan.

General jamoasi ayrim tuzatishlarga rozilik bildirgan, ammo tafsilotlar oshkor qilinmagan. Manba taxmin qilishicha, Vashington muzokaralarda “qattiq” va “yumshoq” pozisiyani taqsimlash uchun Driskoll va AQShning maxsus vakili Stiv Uitkoff o‘rtasida rollarni bo‘lgan.

Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, Zelenskiy Fransiya, Germaniya va boshqa Yevropa davlatlari rahbarlari bilan birga rejani 27 noyabr — AQSh tomonidan belgilangan so‘nggi muddat — ga qadar o‘zgartirishga ulgurishga urinmoqda. Yevropa poytaxtlari Ukrainaga Rossiya bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha o‘z shartlarini tayyorlab olishi uchun vaqt yutmoqda.

Zelenskiy xalqqa murojaatida Ukraina suvereniteti va mustaqilligini himoya qilishi shartligini aytdi. U AQShga eng muhim bandlar bo‘yicha alternativ takliflar taqdim etishini ta’kidladi. Amerika loyihasida, xususan, Donbass hududlaridan de-fakto voz kechish, Ukraina Qurolli Kuchlari sonini ikki barobar qisqartirish va NATOga kirishdan voz kechish nazarda tutilgan.

🔻 Moskva ham to‘liq rozi emas

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kreml reja matnini olganini tasdiqladi. The Guardian manbasining aytishicha, Putinga taklifning umumiy konturlari “yoqqan”. Ammo Moskva NATO kengaymaslik bo‘yicha huquqiy majburiyatning yo‘qligi va Ukraina Konstitusiyasida neytral maqomning mustahkamlanmaganidan norozi.

Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga kirishi borasida esa Rossiya faqat harbiy komponent chiqarib tashlansa — Avstriya modeli asosida — rozilik bildiradi.

Kiritildi: 17:25 23.11.2025. O'qildi: 693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!