Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti tomonidan ishlab chiqilgan kuchli zilzilalar to‘g‘risida barvaqt xabardor qilish uslubiyoti asosida milliy tizim test rejimida ishga tushirildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi boshlig‘i Qahramon Qo‘chqorov ma’lum qildi.
Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti tomonidan ishlab chiqilgan kuchli zilzilalar to‘g‘risida barvaqt xabardor qilish uslubiyoti asosida milliy tizim test rejimida ishga tushirildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi boshlig‘i Qahramon Qo‘chqorov ma’lum qildi.
Prezidentining 2023-yil 16-maydagi qarorning 1-bandida Favqulodda vaziyatlar vazirligiga 2023-yil 1-dekabrdan boshlab Respublikada kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimini bosqichma-bosqich ishga tushirilishi vazifasi yuklatilgan.
Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, 2023-yil 10-iyunda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi va Raqamli texnologiyalar vazirligining malakali mutaxassislaridan iborat idoralararo ishchi guruh shakllantirildi. Ishchi guruh tomonidan Yaponiya, Meksika, AQShning Kaliforniya, Italiya, Kanada va Koreya Respublikasining tajribalari o‘rganildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, Respublikada kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimini 3 bosqichda amalga oshirilishi belgilandi.
1-bosqich 2023-yilda Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti tomonidan ishlab chiqilgan kuchli zilzilalar to‘g‘risida barvaqt xabardor qilish uslubiyoti asosida milliy tizimni test rejimida ishga tushirish;
2-bosqich 2024-yilda Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xarid qilingan 40 dona akselerometrlarni seysmik faol zonalarga o‘rnatish, seysmik stansiyalar sonini 100 taga yetkazish hamda qo‘shni Respublikalar Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalari bilan o‘zaro anglashuv memorandumlari asosida stansiyalar ma’lumotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri almashish hamda Markaziy Osiyo kuchli zilzilalarni qayd etish tarmog‘ini yaratish;
3-bosqich 2025-yillarda Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan yangi akselerometrlar xarid qilish hamda seysmik kuzatuvlar tarmog‘i stansiyalari sonini 200 taga yetkazish shuningdek, kuchli zilzilalarni qayd etish tarmog‘ini Xalqaro kuzatuvlar tarmog‘iga integrasiyalash hamda Germaniyaning Seiscomp dasturiy ta’minoti yordamida erta ogohlantirish tizimini to‘liq ishga tushirish.
Hozirgi kunda 1-bosqichi tugatilib test rejimida ishga tushirildi. Ya’ni, 1-bosqich doirasida Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti tomonidan ishlab chiqilgan uslubiyot asosida yaratilgan kuchli zilzilalarni qayd etuvchi akselerometrlar Respublika bo‘yicha Farg‘ona, Namangan, Andijon, Jizzax, Samarqand, Boysun, Nurota, Gazli, Pachkamar stansiyalariga jami 9 ta akselerometrlar o‘rnatildi.
Hozirda qarorda belgilanganidek, seysmik stansiyalarda akselerometrlar MSK-64 shkalasi bo‘yicha 5 va undan yuqori balli zilzila kuchi qayd etilganda:
Seysmik ma’lumotlar seysmik stansiyalardagi maxsus dasturlar orqali avtomatik tarzda tahlil qilinadi hamda zilzilaning Toshkent shaxriga yetib kelish vaqti maxsus xabar keladi. Ushbu tizim xozirda sinov tariqasida ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek ma’lumotla aniqligi va xatoliklari tekshirilmoqda.
Bundan tashqari, hozirda Shveysariyaning Seysmologik xizmati (SED) hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi o‘rtasida O‘zbekistonda erta ogohlantirish tizimini ishga tushirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, "Kuchli zilziladan ogohlantirish" mobil ilovasi ishlab chiqilgan. Zilziladan erta ogohlantirish tizimi to‘liq ishga tushirilib, ishlashi to‘liq tekshirilgandan so‘ng, mobil ilova orqali aholiga qisqa soniyalarda respublikaning aniqlangan hududlarida kuchli zilzila kuzatilishi to‘g‘risida tezkor xabarnoma yuboriladi.