Bugun 27 may, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda Yoshlar ekologik oromgohi tashkil etiladi

A A A
O‘zbekistonda Yoshlar ekologik oromgohi tashkil etiladi

Shu yilning 26 may – 1 iyun kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi "Yoshlar oromgohi"da ekologik muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan "Yoshlar ekologik oromgohi" ("Eko-oromgoh-2025") o‘tkaziladi.

Qayd etilishicha, tadbir Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Turizm qo‘mitasi hamda Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etiladi.

Maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston – 2030" strategiyasini "Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi Farmoniga ko‘ra yoshlar orasida ekologik madaniyatni oshirish, aholining ekologiya bilan bog‘liq huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ilmiy va innovasion qobiliyatlarini namoyon etish, ekologik muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan takliflar ishlab chiqishdir.

Eko-oromgohga yurtimizning har bir hududidan 15 nafardan mahallalarning yoshlar yetakchilari, "Yosh ekologlar" harakati Kengashlari a’zolari, volontyorlar, ekofaollar hamda "Ekologiya bilimdonlari" tanlovi g‘oliblari jalb qilinadi. Ishtirokchilarni ekologik muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar mashg‘ulotlari, intellektual o‘yinlar, ommaviy sport va plogging musobaqalari, ekologik loyihalar, "Ekologiya bilimdonlari" va boshqa tanlovlar, madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar, taniqli insonlar bilan uchrashuvlar va tarixiy obidalarga sayohatlar kutmoqda.

Yakunda faol ishtirok etgan guruhlar va hudud jamoalari vakillari diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Shuningdek, eko-oromgoh ishtirokchilarining har biriga maxsus sertifikatlar topshiriladi.

Kiritildi: 21:53 24.05.2025. O'qildi: 256 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!