Bugun 8 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda yangi harbiy unvonlar joriy etildi

A A A
O‘zbekistonda yangi harbiy unvonlar joriy etildi

O‘zbekiston prezidentining O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, endilikda yosh harbiy xizmatchilarga yuqori darajali kasbiy sifatlarga ega bo‘lgan, tayyorgarligi eng yaxshi harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar faxriylari orasidan murabbiylar biriktiriladi.

Shu bilan birga, quyidagi harbiy unvonlar joriy etildi:

- «III darajali serjant» - 3 yil;

- «II darajali serjant» - 4 yil;

- «I darajali serjant» - 5 yil.

Shuningdek, o‘qish davomiyligi 5 yil bo‘lgan oliy harbiy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari uchun «leytenant» harbiy unvonini olish uchun xizmat muddati 1 yil etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda harbiy xizmatga chaqiruv bo‘yicha yangi tartiblar joriy etilgani xaqida xabar bergan edik.

Kiritildi: 14:06 17.09.2019. O'qildi: 5183 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!