Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda Uzcard va Humo to‘lov tizimlarining bankomatlari integrasiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi

A A A
O‘zbekistonda Uzcard va Humo to‘lov tizimlarining bankomatlari integrasiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi

Xabarda yozilishicha, barcha tijorat banklarining bankomatlari ikkala to‘lov tizimining kartalarini qabul qilishi uchun birlashtirildi.

“Endi O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha bankomatlar ushbu imkoniyatni qo‘llab-quvvatlaydi va siz mos bankomat izlab vaqt yo‘qotmaysiz. Har bir bankomat Uzcard va Humo kartalaridan tranzaksiyalarni amalga oshirish va naqd pul yechib olish imkonini beradi”, — deya xabar bergan kompaniya.

May oyida “Yagona umumrespublika prosessing markazi” MCHJ milliy banklararo to‘lov tizimi bilan birgalikda Uzcard va Humo to‘lov tizimlari bankomatlarini integrasiya qilish bo‘yicha texnik ishlarni yakunlagandi.

Kiritildi: 18:09 31.07.2023. O'qildi: 1456 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!