Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda umumxalq hashari o‘tkaziladi​​​​​​​

O‘zbekistonda umumxalq hashari o‘tkaziladi​​​​​​​

Shu yilning 13–14 mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamli umumxalq hashari bo‘lib o‘tadi.

Bu haqda hukumatning 28 fevraldagi farmoyishida belgilandi.

Vazirlar Mahkamasining 72-sonli farmoyishiga muvofiq, hasharlar «Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!» shiori ostida tashkil etiladi.

Hujjatga ko‘ra, umumxalq xayriya hashari davomida mahallalar, aholi punktlari, ko‘p qavatli turar joylar, hovlilar atrofi, guzarlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, ko‘cha va yo‘laklar hamda bolalar maydonchalari tartibga keltiriladi, daraxtlarni oqlash va butash ishlarini tashkil etiladi.

Kiritildi: Bugun 13:25. O'qildi: 726 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!