Ugandaning O‘zbekistondagi birinchi Elchisi Moses Kavaaluuko Kizige janoblari Toshkentga keldi. Bu haqda O‘zbekiston TIV Matbuot xizmati xabar berdi.
"Biz Qo‘shilmaslik harakatiga Ugandaning muvaffaqiyatli raisligini olqishlaymiz va 2027-2029 yillarda Harakatga bo‘lajak raisligimizni qo‘llab-quvvatlashini qadrlaymiz," - deyiladi xabarda.
Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar yo‘lga qo‘yilishi ikki mamlakatning manfaatli va istiqbolli hamkorligi uchun mustahkam zamin yaratadi. Tadbirkorlarning o‘zaro aloqalarini mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, foydalanilmagan salohiyatni ro‘yobga chiqarish va boshqa masalalar ham kun tartibidan o‘rin oldi.