Joriy yilning dastlabki III choragida O‘zbekistonda 303 ming 373 dona avtomobil sotilgan. 2024 yilning 9 oyida UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 89 foizni tashkil qildi.
Mazkur davrda har uchta sotilgan avtomobilning bittasini Cobalt tashkil qilgan.
Qayd etilishicha, hisobot davrida UzAuto Motors 271 ming 221 dona, ADM Jizzakh 19 ming 766 dona, BYD Uzbekistan Factory 11 ming 580 dona, Jizzakh Auto 328 dona, Asaka Motors 284 dona, SamAuto 194 dona avtomobilni xaridorlarga yetkazib bergan.
2024 yilning dastlabki III choragida korxonalarning ichki bozordagi ulushi quyidagicha:
• UzAuto Motors – 89,4 foiz;
• ADM Jizzakh – 6,5 foiz;
• BYD Uzbekistan Factory – 3,8 foiz;
• Jizzakh Auto – 0,1 foiz;
• SamAuto – 0,1 foiz;
• Asaka Motors – 0,1 foiz
Eng ko‘p sotilgan avtomobil – Cobalt. Hisobot davrida 99 ming 577 dona ushbu modeldagi avtomobillar xaridorlarga yetkazib berilgan. Keyingi o‘rinlarda Damas (71 ming 875 dona) va Tracker (31 ming 736 dona) qayd etilgan.
Ayni paytda O‘zbekistonda har 100 ta uy xo‘jaligiga 57 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda.
Ma’lumot uchun, har 100 ta uy xo‘jaligiga:
• 2010 yilda – 21 ta;
• 2015 yilda – 42 ta;
• 2020 yilda – 49 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan.