Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda quyosh panellari o‘rnatilishi sabab 15 mln metr kub gaz tejaldi

O‘zbekistonda quyosh panellari o‘rnatilishi sabab 15 mln metr kub gaz tejaldi

O‘zbekistonda 2025 yilning 1-choragida Respublika bo‘yicha jami 10 117 ta ob’ektga kichik quvvatli quyosh panellari o‘rnatildi.

Energetika vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu kichik quvvatli quyosh panellarining umumiy quvvati 197,9 MVtga teng bo‘lgan.

Xususan:

  • 1 455 ta ijtimoiy soha ob’ekti tomonidan 25,9 MVt;
  • 2 052 ta tadbirkorlik sub’ekti tomonidan 113 MVt;
  • 6 428 ta aholi xonadoniga 56,3 MVt;
  • 182 ta ko‘p qavatli uyga 2,79 MVt o‘rnatilgan.

Bu panellar orqali 60,082 mln kVt soat elektr energiya ishlab chiqarilgan bo‘lib, buning natijasida 15 million metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishilib, 17 ming tonna zararli gazlarning atmosferaga chiqishi oldi olingan.

Kiritildi: 11:06 20.04.2025. O'qildi: 738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!