Bugun 16 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda qancha kamera va radarlar o‘rnatilgan?

A A A
O‘zbekistonda qancha kamera va radarlar o‘rnatilgan?

Shaharlarda yo‘llarni saqlash, qishki qarov va ko‘kalamzorlashtirish vazifalari obodonlashtirish idoralari zimmasida ekani ta’kidlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bu vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun shahar obodonlashtirish boshqarmalarini maxsus texnikalar bilan jihozlash lozimligi ta’kidlandi. Yo‘l bo‘yida daraxt ekish ishlarini hududlarning tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olib tashkil etish, ekilgan daraxtlarni sifatli parvarish qilish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yo‘l sohasida kadrlar salohiyatini mustahkamlash, zamonaviy texnikalarni boshqara oladigan mutaxassislarni tayyorlash muhimligi ta’kidlandi. Bugungi kunga qadar huquqbuzarliklarni qayd etuvchi jami 2,5 mingdan ziyod kamera va radarlar o‘rnatildi. Aholi joylarida harakatlanish 60 kilometr/soatga tushirildi. Buning hisobiga kamera o‘rnatilgan hududlarda avariyalar 30 foizga kamaygan.

Bu ishlarni davom ettirish, “aqlli chorraha” va “aqlli svetofor” boshqaruv tizimlarini kengroq joriy qilish zarurligi aytildi.

Kiritildi: 23:26 12.09.2023. O'qildi: 6067 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!