Transport vaziri o‘rinbosari I.Abdugafarov Jahon banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki loyiha koordinatorlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Toshkent – Samarqand va Toshkent – Andijon avtomobil yo‘llarini DXSh asosida qurish loyihalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, dolzarb masalalar hamda pullik yo‘llar bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish masalasi muhokama etildi.
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investisiyalar, savdo va sanoat vazirligi, shuningdek, “Proyapı Mühendislik ve Müşavirlik A.Ş.» kompaniyasi, “Over Arupand Partners International Limited”, “Price Water House Coopers Advisory” va “CMS Cameron Mc Kenna Nabarro Olswang LLP” kompaniyalari konsorsiumi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda loyihalarni amalga oshirish jarayonlarini jadallashtirish yuzasidan fikr almashildi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.