O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etish uchun 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Bilimni baholash agentligiga tayanib Daryo nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 123,7 ming nafarga kam. Eng ko‘p hujjat Toshkent shahri, Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatidan, eng kami esa Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida topshirilgan.
2024−2025 o‘quv yilida hujjat topshirganlarning test sinovi topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti:
Abituriyentlarning yarmidan ko‘pi avvalgi yillar bitiruvchilaridir — 483 945 nafar. Yana 410 334 nafar abituriyent 2024 yil o‘qishni bitirgan.
Ularning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
Hujjat topshirganlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
Bilimni baholash agentligi test sinovlarida ishtirok etish uchun hali to‘lov qilmaganlar borligi sabab 27 iyun sanasida statistik ma’lumotlar o‘zgarishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda respublika bo‘yicha jami 60 ta oliy ta’lim muassasalari va ularning 19 ta filialiga 675 049 nafar abituriyentdan ariza qabul qilingan. 2023 yilda esa ushbu ko‘rsatkich 1 million 18 ming nafarni tashkil etgan edi.