Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

“O‘zbekistonda odamlar qarz olish uchun lombardlar, jismoniy shaxslar yoki qarindoshlarga murojaat qilishmoqda. Ular banklarga ishonmaydi”

A A A
“O‘zbekistonda odamlar qarz olish uchun lombardlar, jismoniy shaxslar yoki qarindoshlarga murojaat qilishmoqda. Ular banklarga ishonmaydi”

O‘zbekistonda bank va mijozlar o‘rtasidagi munosabatga Jahon banki eksperti Luiza Mamarasulova o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

"Bugun O‘zbekistonda ko‘pgina iste’molchilar naqd pullarni bank orqali emas, balki kirakashlar yordamida jo‘natishmoqda", deydi u.

"Bizning mijozlarimiz hozirda norasmiy moliyaviy xizmatlardan foydalanmoqda. Masalan, ota-onalar farzandlariga pul jo‘natmalarini kirakashlar orqali yuborishmoqda. Qarz olish uchun esa lombardlar, jismoniy shaxslar yoki qarindoshlarga murojaat qilishmoqda. Banklar mazkur norasmiy moliyaviy xizmatlar bilan raqobat qilishlari lozim”, dedi Luiza Mamarasulova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar banklar mijozlariga o‘z xizmatlarini narx va tezlik jihatidan qulay sharoitda taqdim etmasa, mijozlar norasmiy moliyaviy xizmatlardan foydalanishda davom etadi.

Ekspertning fikriga ko‘ra, banklarning asosiy vazifasi iste’molchilar ishonchini qozonishdir, ammo hozirda ko‘plab mijozlar banklarga ishonmaydi.

"Men oddiy iste’molchi sifatida bankka keldim. U yerda bo‘yinbog‘ taqqan xodimlar o‘zlarining tilida – bank tilida gaplashishadi. Men esa bu tilni tushunmayman”, deya ta’kidlaydi ekspert.

Mamarasulova, shuningdek, banklar yangi mahsulotni mijoz atrofida yaratishi lozimligini ham aytib o‘tdi. Chunki raqobatda mijozga eng yaqin bo‘lgan bank g‘alaba qozonadi.
Hozirda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati pastligining asosiy sababi sifatida O‘zbekiston Markaziy banki tijorat banklarining ustav kapitalida davlat ulushi juda yuqoriligini (deyarli 80 foiz) ko‘rsatmoqda.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilda tijorat banklari faoliyati bo‘yicha shikoyatlar soni 60 mingdan oshgan. Shikoyatlarning asosiy qismi tijorat banklari tomonidan kredit berish bilan bog‘liq.

Manba: everyday. uz

Kiritildi: 21:35 25.11.2018. O'qildi: 2632 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!